Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
11-avgust 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqrda “Uchko‘prikda kitoblar suv ostida yo‘q bo‘lmoqda - qonun va nazorat qayerda?” mazmunida tarqatilgan tanqidiy lavha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Mazkur lavhada Uchko‘prik tumanidagi maktablardan birida davlat mablag‘iga xarid qilingan kitoblar konditsionerdan tomgan suv ostida qolib ketgani iddao qilingan...
O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.