Yangiliklar
Farg‘onada xususiy maktab ochildi
12-avgust 2025-yil
Farg‘ona shahrida IT yo‘nalishiga ixtisoslashgan yangi xususiy maktab faoliyat boshladi
Bugun Farg‘ona shahrida axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan zamonaviy xususiy maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov yangi maktab ishlariga rivoj tiladi. Mazkur ta’lim muassasasida o‘qigan har bir iqtidorli o‘quvchi o‘z maqsad va orzu havaslariga yerishishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda so‘z olgan mutasaddtilar ushbu ta’lim maskanining ochilishi munosabati bilan o‘quvchilar uchun robototexnika va informatika fanlari bo‘yicha sinflar kesimida olimpiada tashkil etilish, yoshlarimizda texnik va ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilinganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Yangi maktabda ta’lim jarayonlari zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, yuqori tezlikdagi internet va innovatsion o‘quv metodikalari bilan ta’minlanadi. Bu esa o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham beradi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.