Yangiliklar
HAMKORLIK
12-avgust 2025-yil
HAMKORLIK
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligְ‘i Sherzod Dolimov Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti professori, KOICA xalqaro tashkilotining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlik loyihasi proyekt menejeri Ms. Jun Yun Sook, Janubiy Koreya Dong-Eui universiteti xalqaro aloqalar bo’limi loyihalar menejeri, KOICA xalqaro tashkilotining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlik loyihasi guruh boshlig’I, Ms. Kim Ji hyang, Dong-Eui universiteti maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti magistranti, KOICA xalqaro tashkilotining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlik loyihasi mutaxassisi Zulfiya Torebaeva va Maktabgacha va maktab talimi vazirligi Talim sifatini oshirish boshsarmasi mutaxassisi Nodira Vasikovani qabul qildi.
Mazkur uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi ko‘p qirrali hamkorliklar xususida so‘z bordi. Jumladan, muloqot davomida tomonlar Farg‘ona viloyati va Janubiy Koreya mamlakati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorliklar an’anaga aylanib borayotgani alohida e’tirof etildi.
Bugungi uchrashuvda tomonlar Quvasoy shahridagi 28-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Dong-Eui universiteti mutaxassislari ishtirokida o‘yinga yo‘naltirilgan ta’limni joriy etish bo‘yicha joriy yilda o‘tkaziladigan tajriba sinov amaliyoti va jarayonlari kelishib olindi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.