Yangiliklar
So‘x tumanida sayyor qabul
20-iyun 2025-yil
“Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!”
Hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan o‘tkaziladigan sayyor qabullar reja-jadvaliga muvofiq “Inson qadri” tamoyili asosida hududlarda sayyor qabullarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ini So‘x tumani Madaniyat uyi binosida “sayyor qabuli” tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 17 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 12 nafar fuqarolar murojaati tinglandi, 11 ta murojaat ijobiy hal qilindi 1 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning asosiy qismi, rahbar xatti-harakatidan norozi, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, jihozlash, moliyaviy hamda maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti masalasida bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.