Yangiliklar
“Yashil chiroq” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
22-iyun 2025-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022–2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi PQ-316-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-sonli qarorida ko‘rsatilgan bandlari ijrosini ta’minlash, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, o‘quvchilarda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish maqsadida, Farg‘ona viloyatida “Yashil chiroq” musobaqasining tuman (shahar) bosqichi g‘olib jamoalari ishtirokida viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa 7 ta shartdan iborat bo‘lib, unda shahar va tuman bosqichda g‘olib bo‘lgan maktab jamoalari ishtirok etishdi.
Hakamlar hay’atining xolisona baholashi asosida Qo‘qon shahri 22-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘ringa, Farg‘ona tumani 7-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o‘ringa va Quvasoy shahri 24-umumta’lim maktabi jamoasi 3-o‘ringa munosib deb topildi
G‘olib va faol ishtirokchilar diplom, esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.