Yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” doirasida tadbirlar
23-iyun 2025-yil
Farg‘ona shahridagi 21-maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasida bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish, dam olish va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali ruhiy holatini ko‘tarish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning rang-barangligi bolajonlarga xush kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Tadbirlar doirasida Fargʼona davlat universiteti professori, fiologiya fanlari doktori, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasining aʼzosi Siddiq Mo'min va Zafar Isomiddin bilan “Yosh kitobxon — 2025” loyiha doirasida ijodiy uchrashuv tashkillandi. O‘quvchilar mazkur tadbirga alohida hozirlik ko‘rishdi va unda faol qatnashdilar.
Shuningdek, shu kuni harbiy qism targ'ibot guruhi tomonidan maktab kunduzgi oromgohda dam olayotgan bolalar bilan sport o'yinlari ham o'tkazdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.