Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
31-may 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda “Davlat maktablari yopiladimi? Ta’lim tizimi tadbirkorga yoqmadimi?” mazmunida tanqidiy lavha e’lon qilindi.
Mazkur tanqidiy lavha tegishli tartibda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Tarqatilgan videolavhada Furqat tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosining bir qismi xususiy maktabga aylantirilayotgani bois, hududda yashovchi aholi tomonidan norozilik bildirilgani aks etgan.
O‘rganish jarayonida tadbirkor va sohaga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar bilan muloqot qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Tillo sandiqcha” NTM o‘rtasida Farg‘ona viloyati Furqat tumanida joylashgan 16-umumta’lim maktabi hududida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha 2025-yil 14-fevral kuni DXSh 069-25-son bilan ro‘yxatga olingan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga 1-son qo‘shimcha kelishuv imzolanganligi hamda o‘quv bino maktab balansida saqlanib qolinib, murojaatlari ijobiy hal etilganligini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarorida ko‘rsatilgan 0,60 gektar bo‘sh yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida maktab qurilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.