Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Iqlim o‘zgarishi va ekologiya – bolalar nigohida” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

4-iyun 2025-yil
image

2-iyun kuni Inson huquqlari uyida “Iqlim o‘zgarishi va ekologiya – bolalar nigohida” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Tong yulduzi” hamda “Klass!” respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari tahririyatlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tanlovda Rishton tumanidagi 49-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Zokirov Dilovarbek “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni ko‘lga kiritdi. 

G‘olib o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov va “Tong Yulduzi” gazetasi bosh muharriri Feruza Adilova taqdirladilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb