Yangiliklar
FARG‘ONALIK O‘QUVCHI BO‘SH VAQTIDA 1000 AQSH DOLLAR MABLAG‘ TOPMOQDA
2-may 2025-yil
Oltiariq tumanidagi 3-IDUMning 8-D sinf òquvchisi Behruzbek Bahromov YouTube platformasi rahbariyatidan "KUMUSH TUGMA" (100.000 obunachisi bor) ni qabul qildi va kelgusida yangi shartnomalar tuzish rajalashtirilgan.
Behruzbek YouTube platformasida AidenEcho YT kanalining asoschisi bòlib, bu kanalga bugungi kunda maktab hayotiga oid qiziqarli animatsion videoroliklar joylaydi.
Ma'lumot uchun, "That one class in exam" nomli videosining kòrishlar soni 25 millionga, "I'm late for school " nomli videosini ko‘rganlar esa 24 millionga yetgan.
Iqtidorli o‘quvchi darslarni faol o‘zlashtirish bilan birga bo‘sh vaqtida sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanib har oyda 1000 AQSh dollari miqdorida daromad ham topmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.