Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Кorrupsiyaga qarshimiz

31-may 2025-yil
image

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovichning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizim xodimlari va keng jamoatchilikka 
MUROJAATI

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, tizim xodimlari!
Barchamizga ma’lumki, korrupsiya dunyo miqyosidagi global muammo hisoblanadi.
Korrupsiya iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, Qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan xatarli tahdiddir. Bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashida barcha sohalar kabi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham alohida vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Farg‘ona viloyatida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha YO‘L XARITASI tasdiqlandi. Mazkur dasturda maktabgacha va maktab ta’limi tizimi bo‘yicha ham alohida bandlar ijro uchun kiritilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-apreldagi 143-sonli buyrug‘i asosida 2025-yil 1-maydan - 1-iyunga qadar tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda. Jumladan, viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida Korrupsiyaga duch kelgan holatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari ro‘yxati shakllantirilib, muassasalarning kirish qismlariga joylashtirilgan. Bundan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori”, “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “To‘g‘rilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi”, “Korrupsiya–davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat” mavzularida targ‘ibot tadbirlari, tizimdagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari hamda tashkilotlarida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi tashkil etildi. 
Viloyatda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyani oldini olish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish - bugungi kunning muhim vazifalaridan. Bu jarayonda har birimiz faol ishtirok etmog‘imiz, qayerdadir tamagirlik, poraxo‘rlik holatiga duch kelsak, befarq bo‘lmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmog‘imiz va zimmamizdagi mas’uliyatni vijdonan, halol bajarmog‘imiz darkor.
Ishonamanki, boshqarma jamoasi, barcha ishchi va rahbar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik hamda kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar majmui hamda hujjatlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha shaxsan namuna bo‘lishadi. https://t.me/FarVMMTB/23440

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb