Yangiliklar
Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga zamonaviy avtobus topshirildi
8-may 2025-yil
Marg‘ilonda 2024-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi viloyat rahbariga zamonaviy avtobus ajratish taklifini bildirgan edi. Mazkur taklif inobatga olinib, bugun Ijod maktabiga zamonaviy avtobus olib berildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur avtobusni tantanali topshirib, o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ijodkorlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.