Yangiliklar
9-may — "Xotira va Qadrlash kuni"!
9-may 2025-yil
Bugun — yuragimizda mangu yashaydigan jasorat, fidokorlik va yurtga sadoqat timsoli bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish kunidir. Bu muqaddas sanada Vatanimiz erkinligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilganlarni chuqur hurmat bilan eslaymiz.
Ularning mardligi, sabr-toqati va jasoratlari oldida bosh egamiz. Bugun biz tinch hayot kechirayotgan bo‘lsak, bu — ana shu fidokor insonlar tufaylidir.
Ushbu ulug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo, qalblarimiz esa bardavom xotira va minnatdorchilik tuyg‘ulari bilan to‘lsin!
Xotira abadiy, qadrlash esa burchimizdir.
Sherzod Dolimov,
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i.