Yangiliklar
IV CHORAK YAKUNI BO‘YICHA SUMMATIV BAHOLASH SINOVLARI O‘TKAZILMOQDA
14-may 2025-yil
Marg‘ilon shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 7-maydagi “Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarida 2024/2025-oʼquv yilining IV chorak yakuni boʻyicha summativ baholash sinovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 148-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, viloyat boshqarmasining 2025-yil 8-maydagi 126-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 12-maydan – 17-maygacha IV chorak bo'yicha maktabning 5- 6- 7- 8- 9- 10-11-sinflari, jami 683 nafar o‘quvchilar ona-tili va matematika fanlaridan CHSB test topshiriqlarini belgilangan muddatda topshirmoqdalar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.