Yangiliklar
Farg‘onada birinchi xalqaro kitobxonlik festivali davom etmoqda.
16-may 2025-yil
Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati yana bir nufuzli anjumanga mezbonlik qilmoqda. Farg‘ona shahrida mazkur "Central Asia – 2025: birinchi xalqaro kitobxonlik festivali" joriy yilning 15-17-may kunlari davomida o‘tkazilishi belgilangan.
Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, shuningdek, 12 ta davlatdan kelgan mehmonlar, ziyolilar, kitobsevarlar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Mazkur anjumanda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi massasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, tarbiyachilar hamda xodimlar faol qatnashib kelishmoqda.
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi apparat xodimlari boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov boshchiligida ishdan so‘ng mazkur tadbir doirasida kitob yarmarkasida ishtirok etishib, go‘zal va sara kitoblardan xarid qilishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.