Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Respublika ishchi guruhi Quvasoy shahrida o‘rganish olib bordi

21-may 2025-yil
image

Xabaringiz bor, respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda aholi bilan muloqotlar tashkil etilib, ularning muammolarini hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan sayyor qabul hamda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Respublika ishchi guruhi rahbari — Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Poʻlat Bobojonov rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi Quvasoy shahrida  yangidan ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchi yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

Ularning kelgusidagi rejalari haqida eshitdi.

O‘quvchilarning munosib kasb tanlashlari va bilimlarni mukammal egallashlari uchun o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb