Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Furqat tumanidagi yangi bunyod etilgan zamonaviy milliy hunarmandchilik sohasiga ixtisoslashgan maktab-internatda bo‘ldi

30-may 2025-yil
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni pag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-51-sonli qarorining 4-bandida Suv xo‘jaligi vazirligining Farg‘ona viloyati Furqat tumani Qo‘qonboy mahallasidagi suv xo‘jaligi binosini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish hamda viloyati hokimligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur binoni mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlash, infratuzilma, axborot-kutubxona markazi, asbob-anjomlar, moddiy-texnika va xom ashyo bazasi bilan ta’minlash hamda yog‘och o‘ymakorligi, mebelsozlik, zardo‘zlik va naqqoshlik kabi milliy hunarmandchilik sohasiga ixtisoslashgan zamonaviy umumta’lim maktabini tashkil etish belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Furqat tumanida qad rostlagan mazkur zamonaviy muassasaga qurilish-ta’mirlash ishlari uchun davlatimiz tomonidan jami 7 milliard  975 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bunyodkorlik  ishlari davomida 168 o‘rinli maktab qad rostladi hamda mavjud bino kapital ta’mirlanib, ma’muriyat va 12 ta o‘quv xonalariga moslashtirildi. Bundan tashqari, sport zal, 64 o‘rinli oshxona, 42 o‘rinli faollar zali, 51 o‘rinli yotoqxona ham to‘liq qurib bitkazildi.

Boshqarma boshlig‘i mazkur ta’lim muasasasida soha mas’ullari bilan muloqotda bo‘ldi. Mutasaddilarga tegishli tartibda tavsiyalar berdi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb