Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg'onalik ustoz Janubiy Koreyada malaka oshirdi.

1-iyun 2025-yil
image

Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan "KLIC Training Program" loyihasida har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega boʻlgan Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilaridan 14 nafar oʻqituvchi va 1 nafar kordinator jami 15 nafar ustozlar qatnashdi.
 
Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashib, Koreyaning umumtaʼlim maktablari faoliyati va taʼlim  jarayonlarini o‘rganib qaytishdi. 

Farg'ona viloyatidan vakil sifatida O'zbekiston tumanidagi 67-umumiy o'rta ta'lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi Rahmonov Ravshanbek Rahmatillo o'g'li tanlangan bo'lib, joriy yilning 20-mayidan 30-mayigacha malaka oshirishi rejalashtirilgan edi.

Malaka oshirishdan boy taassurotlar, fanni o'rgatishga yangicha yondashuv, sun'iy intellekt va robototexnika bo'yicha eng so'nggi zamonaviy ilmlarni egallab qaytgan ustoz bunday loyihalar sonini oshirish va ishtirok etadigan kadrlar qamrovini kengaytirish kerakligini alohida ta'kidladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb