Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan
2-iyun 2025-yil
➖ “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga vazirlik tizimidagi oʻn mingdan ortiq umumtaʼlim maktablarining 6 mln nafar 1-10-sinf oʻquvchilari;
➖ 1239 ta umumtaʼlim maktabida yoʻlga qoʻyilgan kunduzgi oromgohlarga 168 574 nafar oʻquvchi;
➖ “Yoz – 2025” sport musobaqalariga 249 600 nafar oʻquvchi jalb qilinadi;
➖ 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 350 264 nafar oʻquvchi uchun turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖ 545 ta umumtaʼlim maktabida 150 ming nafar oʻquvchi uchun qoʻshimcha darslar tashkil etiladi;
➖ “Kitobxonlar festivali” tadbirlariga 12 400 nafar, “Barkamol avlod” bolalar festivali tadbirlariga 42 400 nafar oʻquvchilar jalb qilinadi;
➖ “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli jamolari tomonidan 208 ta tuman (shahar) markazlarida konsert dasturlari tashkil etiladi va unga 187 200 nafar oʻquvchi jalb qilinadi;
➖ tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida 7 mln nafar (shundan 3 mln nafari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan) oʻquvchi-yoshlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etiladi;
➖ 1 mln 850 nafar oʻquvchi-yoshlarni repetitorlik kurslarida ishtirok etishi tashkil etiladi.