Yangiliklar
Barcha ta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi.
24-may 2025-yil
Viloyatimizdagi maktablarda ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori sayia va kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona shahridagi 2-maktabda bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda viloyat prokurori аdliya katta maslahatchisi Ismoilov Baxtiyor Axmadjonov va Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyorjon Mahkamov ishtirok etishib, yoshlarga katta hayotda ulkan zafarlar tilashdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.