Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Yilning eng bilimdon o‘quvchisi” tanlovi

29-may 2025-yil
image

 Farg‘ona viloyati hokimligining 2025-yil 21-fevral 56-11-0-F/25-sonli farmoyishi ijrosini
ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘ining 2025-yil 25-fevral kungi 57-sonli buyrug‘i asosida  matematika, informatika, kimyo, biologiya, fizika, tarix,
ona tili hamda ingliz tili fanlaridan 7-8-9-sinflar o‘rtasida “Yilning eng bilimdon o‘quvchisi” tanlovi o'tkazish belgilab olingan.

Tadbir Farg‘ona tunanidagi 24-maktab binosida tashkillandi. 

Ushbu tanlovning ikkinchi kuni 9-sinflar o'rtasida davom etdi.

Bellashuvda viloyatdagi 19 ta shahar va tumanlardan 400 nafardan ziyod o'quvchilar ishtirok etdilar.

Bugungi jarayonlar bilan viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyorjon Mahkamov tanishib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb