Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

29-may 2025-yil
image

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" mavzusida tadbir tashkillandi.

Farg‘ona shahridagi 4-Bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida o‘tkazilgan ochiq muloqotda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlari, sohaga daxildor xodimlar ishtirok etishdi. 

Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyorjon Mahkamov ochib, so‘nggi davrda ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib, korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri va uning og‘ir oqibatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

 Mazkur muloqot ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ham tashkil etildi. Unda tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, xodimlari, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab direktorlarining faol ishtiroki ta’minlandi. 

Tadbirda so‘z olgan Farg‘ona viloyati prokurorining yordamchisi Xusanboy Rahimjonov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Rustamjon Abdullayev, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi rahbari Nodirjon Ahmedov maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish, Insonning ichki madaniyati, halollik, o‘zganing haqidan hazar qilish hisoblangan jamiyatdagi eng jirkanch jarayon — korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashda hamjihat bo‘lish, shuningdek, sohada rahbarlik lavozimida ishlab, ta’magirlik, poraxo‘rlik singari  huquqbuzarliklarni sodir etgan, korrupsiyaga yo‘l qo‘yib, ayni damda qonun oldida javob berayotganlar haqida ham ma’lumotlar berishdi. Qonunga amal qilmaslik, belgilangan tartibni buzish, lavozimni suiiste’mol qilish va  huquqbuzarlik uchun javobgarlik maviudligi haqida barcha yana bir bor rasman ogohlatirildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbir davomida ochiq fikr almashildi, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik faolligini oshirish, ta’lim tizimida shaffoflikni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb