Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

SO‘X TUMANIDA YANGI BOG‘CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

12-iyul 2024-yil
image

Farg‘ona viloyatining chekka hududida joylashgan Co‘x tumanining Sebzor MFYda yangi zamonaviy Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 

Barcha qulaylik va sharoitlarga ega bo‘lgan mazkur muassasa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4898-sonli qarori asosida qurildi. 

Ushbu 90 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim maskanining bunyod etishga Jahon Banki tomonidan 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi.

Matabgacha ta’lim tashkilotining ochilish  marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla faollari va ota-onalar qatnashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb