Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

О‘quvchi-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot

19-aprel 2025-yil
image

Farg‘ona shahrida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida tizimdagi umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot tashkillandi.

Tadbirda shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi soha mas’ullari, ota-onalar hamda faol o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov o‘quvchi-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Bugungi kunda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida jami 41 967 ta to‘garaklar mavjud bo‘lib, ushbu to‘garaklarga 687 200  nafar (310 222 nafar qizlar) o‘quvchilar qamrab olingan. Shundan 27 586 ta fan to‘garaklariga 456 010 nafar (228703 nafar qizlar) o‘quvchilar, sport to‘garaklari 7 618 ta bo‘lib, 151 829 nafar (68323 nafar qizlar) o‘quvchilar, 6 763 ta besh tashabbus to‘garaklariga 125 710 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. Viloyatdagi 20 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bugungi kunda 17 ta yo‘nalishda 998 ta to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu to‘garaklarga 36 415 nafar (5,3 foiz) o‘quvchi-yoshlar muntazam qatnashmoqda.

Tadbir davomida nufuzli respublika tanlovilari — “Jadidlar izidan”, "“Turon” maktab teatri”, "“Iqtidor” maktab ansambli” kabi bellashuvlarning maktab, hudud, tuman va shahar, viloyat hamda respublika bosqichlarida o‘quvchilarning faol qatnashgani tilga olindi. Birgina "“Turon” maktab teatri” respublika tanloviga onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar 45 288 tani tashkil etgan bo‘lsa (362 304  nafar), shundan 5048 tasi Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, o‘z navbatida 41 384 nafar o‘quvchi-yoshlarni qamrab olgani, “"Iqtidor” maktab ansambli” respublika tanlovida esa onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar 8 890 tani tashkil etgan bo‘lsa (71 120  nafar), shundan 483 tasi viloyatimizdan bo‘lib, o‘z navbatida 3 864 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtiroki ta’minlangani ham e’tirof etildi.

Tadbir so‘ngida rahbar bir qator savollarga javoblar berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb