Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Zakovat” turnirining viloyat bosqichiga start berildi

23-aprel 2025-yil
image

Ma’lumki, Prezidentimizning “Zakovat" intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlari to‘g‘risida" PQ-96 sonli qarori  ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini bahor oylarida o‘tkazish belgilangan. 

Bugun Farg‘onada yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, bilimga chanqoqligini qo‘llab-quvvatlash va ularning tafakkurini yuksaltirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” turnirining viloyat bosqichiga start berildi.

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida o‘tkazilayotgan  an’anaviy turnirda viloyatimizdagi shahar va tumanlarda g‘olib bo‘lgan 57 maktablarning o‘quvchilar  jamoaslari o’zaro bellashmoqdalar.                           

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb