Yangiliklar
Press-tur va matbuot anjumani: “Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha yaratilgan shart va sharoyitlar”
24-aprel 2025-yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil ll chorak “Media-rejasi”ga asosan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan “Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga orgatish bo‘yicha yaratilgan shart va sharoyitlar” mavzuida ommaviy axborot vositalari vakillari, bloger va yosh jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etidi.
Tadbir avvalida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevral kungi "Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 53-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevral kungdagi 78-son qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan "O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidahi Nizom" talablari ijrosini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha axboroti tinglandi. Rahbar anjuman ishtirokchilarining bir qator savollariga javoblar berdi.
Tashkillangan tadbir doirasida matbuot anjumani qatnashchilari Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga orgatish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoyitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar. Kasb-hunar o‘rganish va o‘rgatish jarayonlarini kuzatdilar.
Ushbu muassasada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida soha mas’ullari, ustozlar va kasb-hunar o‘rganayotgan o‘quvchilar hamda tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘ldilar.
Tadbir davomida anjuman ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga muttasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.