Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

OCHIQ MULOQOT

17-mart 2025-yil
image

Xabaringiz bor, joriy yilning 25-fevral kuni O‘RQ-1037-son Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida soha mutaxassislari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzuida davra suhbati tashkillandi.

Unda viloyat hokimligi mas’ul vakili, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyatidagi vakili o‘rinbosari Alisher Naimov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati va apparat xodimlari ishtirok etishdi. 

Muloqot davomida mutaxassislar tomonidan Konsepsiyaning mazmun va mohiyati xususida batafsil tushunchalar berildli. Diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi – fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish, turli dinlardagi diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va hurmatni qo‘llab-quvvatlash, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dunyoviylikni ta’minlash kabi tamoyillar xususida gapirildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb