Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

13-mart 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshloq tumanida joylashgan 2-sonli maktabning sinf rahbarlari “Open byudjet” loyihasi doirasida ovoz yig‘ish masalasida o‘quvchilarga bosim o‘tkazmoqda” mazmunida audioxabar tarqatildi. 

 
Tarqatilgan xabar tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida audioyozuvda o‘quvchilani ovoz berishga majbur etilayotganligi xususidagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.  

Mutaxassislar tomonidan mazkur maktab rahbarlari, sinf rahbarlari o'quvchilar va ularning ota-onalari vakillari bilan suhbatlashildi. Muloqotda majburiy holatlar inkor etildi. 

O‘rganish jarayonida maktab jamoasi va ota-onalar "open byudjet" loyihasi boshlanishidan oldin targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishgan.

 Muassasaning o‘qituvchilar va hech qaysi sinfda birorta o'quvchidan majburiy ravishda open byudjet uchun majburlab ovoz berishga jalb etish holati aniqlanmaganligini bildiramiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb