Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
5-mart 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Buvayda tumani 1-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.D. asossiz qisqartirishlardan aziyat chekkan"i haqida xabar tarqatildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lum qiladi:
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-son buyrug’i bilan umumiy o’rta ta’lim maktablari va ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar boshqaruv, texnik va o’quv-yordamchi xodimlarining na’munaviy shtatlari sinf-komplektlar soniga ko’ra belgilanadigan shtat birliklari quyidagicha belgilangan.
Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari shtati uchun 23-29 sinflar soniga ko’ra 1,5 shtat birligi qilib belgilangan. Shuningdek, muassasada sinflar soni 30-49 ta bo‘lgan holatda 2 shtat va sinflar soni 50 ta va undan ortiq bo‘lganda ushbu shtad 2,5 birlikda belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 1-avgustdagi 237-sonli buyrug’ining 9-ilovasiga asosan qonunda belgilangan tartibda huquqiy hujjat, buyruqlarga asoslangan holatda shtat belgilangan.
Shu boisdan amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq xodimga boshqa o‘z kasbiga xos ish taklif qilinganligini bildiramiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.