Yangiliklar
YASHIL MAKON SARI YO'L
25-yanvar 2025-yil
Taʼlim muassasalarida besh bosqichli "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" tanloviga start berildi.
Rishton tumani 1-sektorga qarashli umumiy o‘rta ta'lim maktablari o'rtasida bu tanlov qizg‘in tayyorgarlik bilan o'tkazildi.
Tabiat himoyachilari to'trta shart bo'yicha bellashdilar.
Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan 20-maktab jamoasi birinchi, 30-maktab o'quvchilari ikkinchi, 29- va 31-maktabdan kelgan bilimdonlar esa uchinchi o'ringa munosib topildilar.
20-maktabning "Ekologiya posbonlari" keyingi bosqichga yo'llanma oldilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.