Yangiliklar
"Sog'lom pedagog o'quvchi kamolotining muhim omilidir"
30-yanvar 2025-yil
Quvasoy shahridagi 22-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkillangan sport mashg‘ulotlari o‘qituvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va xush kayfiyatda faoliyat olib borishlariga xizmat qilmoqda, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
"Sog'lom pedagog o'quvchi kamolotining muhim omilidir" shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir taʼlim muassasasi o'qituvchilarning faolligini oshirish bilan birga, ularda kasb kasalliklarining oldini oilishda ham asqotishi tabiiy holdir.
Sport tadbirlari o'qituvchilarni hafta davomida ko'tarinki kayfiyatda darslarni samarali o'tishlari hamda sog'lom turmush tarzini o‘quvchilarga targ‘ib etishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.