Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Oltiariq tumanidagi 1-DMTTda seminar bo‘lib o‘tdi

21-yanvar 2025-yil
image

Metodik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mazkur o‘quv-amaliy seminarda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari, metodistlari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, bolalarning aqliy, ijodiy va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiluvchi ilg‘or metodikalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Ishtirokchilar bolalarning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi o‘yinlar, didaktik materiallar va interfaol dars usullari haqida o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar seminar jarayonida orttirilgan tajribalar bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirishdi va kelgusida bu kabi tadbirlar pedagogik mahoratni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb