Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onada "Metodik mahorat kuni" tadbirlari noanʼanaviy va yuqori saviyada tashkillanmoqda

7-yanvar 2025-yil
image

Bugun Oltiariq tumanidagi 35-tayanch Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ilk marotaba "Metodik mahorat kuni" tadbirlari doirasida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o'rinbosarlari uchun o’quv mashg'ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Noanaviy tarzda o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirishda o'yinga asoslangan ta'limdan foydalanish metodikasi, "Qishki ko'ngilochar o'yinlar" mavzusidagi ta'limiy faoliyat uchun ko'rgazma va tarqatma jihozlardan foydalangan holda batafsil ma'lumotlar berildi. 

O‘quv mashg‘ulot doirasida qatnashganlar o‘zaro tajriba almashib, kelgusidagi istiqbolli g‘oyalar borasida fikr yuritishdi. 

Ma’lumot uchun: bugun Farg‘ona  viloyatidagi barcha hududlardan tanlab olingan 38 ta tayanch Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilk marotaba "Metodik mahorat kuni" tadbirlari doirasida 908 nafar direktor o'rinbosarlari uchun belgilangan tartib asosida o’quv mashg'ulotlari bo‘lib o‘tdi.
 Eslatma: ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 30-sentyabrdagi PF 152-sonli farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 8-noyabr kungi 362-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb