Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

6-dekabr 2024-yil
image

Kuni kecha Furqat tumanidagi 9-DMTT biron marotaba qayta ta’mirlanmagani, hozirgi kunda ushbu maskan kapital ta’mirga muhtojligi tufayli bolalar uchun sharoitlar yetarli emasligi haqida “Vodiy TV” tomonidan efirda tarqatilgan tanqidiy lavha Furqat tumani maktabgacha va maktab bo‘limi hamda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

RASMIY MUNOSABAT

Kuni kecha Furqat tumanidagi 9-DMTT biron marotaba qayta ta’mirlanmagani, hozirgi kunda ushbu maskan kapital ta’mirga muhtojligi tufayli bolalar uchun sharoitlar yetarli emasligi haqida “Vodiy TV” tomonidan efirda tarqatilgan tanqidiy lavha Furqat tumani maktabgacha va maktab bo‘limi hamda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Furqat tumani Ko‘k do‘ppi MFY hududida joylashgan 9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1959-yilda 60 o‘rinli loyihaviy shaklda qurilgan bo‘lib, hozirda 84 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotiga joriy yilda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 64 million so‘m mablag‘ ajratilib, muassasa uchun oziq-ovqat saqlash omborxonasi hamda hamshira xonasi qurib bitkazildi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi selikat g‘ishtlardan qurilganligi, shuningdek, binoning umumiy holati ta’mirtalabligi, hozirgi kundagi zamon talablariga javob bermasligi bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar to‘plami shakillantirilgan. 

Shuningdek, qo‘shimcha bino qurish uchun ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida joy yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud 60 o‘rinli bino o‘rniga zamonaviy 120 o‘rinli yangi bino qurish bo‘yicha loyiha taklifi tayyorlangan. 

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi tomonidan 2025-2026-yillarda “Investisiya” dasturi asosida rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dasturiga kiritilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun 4 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilganligini yana bir bor (tuman MMTB rahbari tasvirdagi suhbatda alohida to‘xtalib o‘tgan) ma’lum qilamiz.

Ayni damda aniqlangan kamchiliklar tuman MMTB Maxsus ta’mirlash ekspluatasiya xodimlari tomonidan bartaraf etish ishlari ham olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, OAV vakillaridan, jumladan, “Vodiy TV” ijodkorlaridan joylarda tasvirga olish, axborot tayyorlash jarayonlarida sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, bolajonlar o‘ynaydigan joylarda, gilam va palas to‘shalgan joylarda oyoq kiyimlarida yurish mutlaqo mumkin emasligini eslatib o‘tamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb