Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

27-noyabr 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda Buvayda tumanida tadbirkor Davlat xususiy sherikchilik asosida kredit mablag‘i olib, yangi MTT qurgani, uning hududida bog‘chaga qamralmagan 200dan ortiq bola borligi, ammo tuman MMT bo‘limi va tuman hokimligi qamrov masalasida panja orasidan qarayotgani iddao qilingan.

Holat tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda Buvayda tumanida tadbirkor Davlat xususiy sherikchilik asosida kredit mablag‘i olib, yangi MTT qurgani, uning hududida bog‘chaga qamralmagan 200dan ortiq bola borligi, ammo tuman MMT bo‘limi va tuman hokimligi qamrov masalasida panja orasidan qarayotgani iddao qilingan.

Holat tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida Buvayda tumani Qo‘ng‘irot MFYda 2019-yilda 371 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lgani va shu sababli maktabgacha ta’limga ehtiyoj bo‘lganligi bois hududga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi № 944-sonli qarori asosida 75 o‘ringa mo‘ljallangan "SNUHRATBEK MIRZOXAYDAR" MChJ bilan 2019-yil 6-maydagi N0335-944/ 62-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitim imzolangan. Unga ko‘ra, 2 milliard 136 million so‘m umumiy qiymati bo‘lgan MTT qurish, shundan, 1 milliard 602 million so‘m imtiyozli kredit va 534 million so‘m mablag‘ni tadbirkor hisobidan ekanligi aniqlangan. Ma’lum sabablarga ko‘ra, MTT binosi kechikib 2022-yilda qurib bitkazilgan va 2023-yilning yakunida foydalanishga topshirilgan. Ushbu DXSh O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan 2024-yil 5-iyunda 292092-sonli litsenziya olgan.
Ushbu tadbirkorga haqiqatan ham sobiq maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari tomonidan Qo‘ng‘irot MFY Qoratepa qishlog‘i hududida Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinmagan bolalar mavjudligi sababli tavsiya xati berilgan.

Biroq mazkur DXShning qurilish-ta’mirlash ishlari kechikkanligi bois, hududdagi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni qamrab olish maqsadida 180 o‘rinli 42-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (2021-yil sentyabr oyida) va 125 o‘rinli 4 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan. Hozirgi kunda Qo‘ng‘irot MFY hududida MTMlarga qamralmagan 3-7 yoshli bolalar  mavjud emas.

Ushbu DXSh rahbari M.N.ga bola qamrovi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan. Qolaversa, hududga yaqin maktabgacha ta'lim tashkilotlariga navbatda turgan bolalar soni olinib, tadbirkorga targ‘ibot ishlarini olib borish va bolalarni jalb etish uchun tavsiyalar ham berilgan. 

Biroq tadbirkor bu harakatni rad etib, qamrov faqat tuman MMTB xodimlari zimmasida va bolalarni DXShga olib kelib berishi kerak, deb turli tashkilotlarga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham shikoyatlar yuborgan.

Tadbirkorni faoliyatiga nafaqat tuman MMTB, balki viloyat MMTB xodimlarini ham aralashish vakolatiga ega emasligini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb