Yangiliklar
FARG‘ONADA ASOSIY FAN OLIMPIADASIGA START BERILDI
25-noyabr 2024-yil
Bugun Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Farg‘onada ham 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.
FARG‘ONADA ASOSIY FAN OLIMPIADASIGA START BERILDI
Ayni paytda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi.
Bugun Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Farg‘onada ham 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.
Asosiy fan olimpiadasining viloyati bosqichini tantanali ochilish marosimida qatnashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Mazkur tadbirning III bosqichi 15 ta fandan tashkil qilinib, joriy yilning 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda viloyatimizdan 2562 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o‘quvchilarining ishtiroki nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun: sinov jarayonlari Farg‘ona tumanidagi 24-maktab binosida matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda Farg‘ona shahridagi 28-maktab binosida informatika fanidan sinov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun unda 350 nafar bilimdonlar o‘zaro bellashmoqdalar.
Viloyat bosqichi 15 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 2562 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o‘quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.