Yangiliklar
Kimlarga attestatsiyasiz malaka toifasi beriladi?
23-fevral 2024-yil
Ta’lim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:
tumandagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 2-malaka toifasi (katta o‘qituvchi);
viloyatdagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 1-malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi);
xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-,2-,3-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi).
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.